1-IYUN XALQARO BOLALAR KUNI

O’ZBEKISTON DAVLAT TABIAT MUZEYIDA JORIY YILNING 1-IYUN XALQARO BOLALAR KUNI MUNOSABATI BILAN «BOLALAR BIZNING KELAJAGIMIZ» MAVZUSIDA TADBIR TASHKIL ETILDI. TADBIRDA MUZEYNING ENTOMOLOGIYA, EKOLOGIYA, GEOLOGIYA VA GEOGRAFIYA BO’LIMLARI TOMONIDAN «DINOZAVRLAR OLAMIGA SAYOHAT» MAVZUSIDA QIZIQARLI DAVRA SUHBATI, «SUDRALIB YURUVCHILAR DUNYOSI» NOMLI YANGI ZALL OCHILISHI HAMDA BOLALARNING EKOLOGIK BILIMINI OSHIRISH MAQSADIDA TURLI SAVOL-JAVOBLAR TASHKIL ETILDI. TADBIR SO’NGIDA BOLALAR UCHUN EKSKURSIYA VA MUZEY ESDALIK SOVG’ALARI TOPSHIRILDI.