O’zbekiston davlat tabiat muzeyida 2022-yil 18-may kuni «Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik» mavzusidagi yosh ijodkorlar ijodiy ishlari asosidagi tanlovning taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

G’oliblar hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlariga muvofiq aniqlanib, muzeyning diplom, esdalik sovg’alari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida O’zbekiston davlat tabiat muzeyi hamda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Toshkent shahar Chilonzor tumani bo’linmasi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.