O’zbekiston davlat tabiat muzeyida mahorat darslari.

Joriy yilning 20-may sanasida O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti «San’atshunoslik» fakulteti muzey pedagogikasi yo’nalishi talabalari Qilichova Bo’stonoy va Nasriyeva Nigina hamda Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti «Turizm» fakulteti Turizm faoliyat turlari yo’nalishi talabasi Egamberdiyev Sirojiddin tashrif buyurishdi. Barchalariga muzeyning
Geologiya bo’limi boshlig’i Shukurova Munisaxon tomonidan «Mahorat darsi» o’tkazildi.

Talabalar muzey pedagogikasi haqidagi o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va yangi ma’lumotlarga ega bo’ldilar.