«Muzeylar haftaligi» tadbiri yakuniga yetdi

Yurtimizda Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan 18-25-may kunlari o’tkazilgan «Muzeylar haftaligi» tadbiri yakuniga yetdi va unga ko’ra eng yaxshi faoliyat yuritayotgan muassasalar aniqlab olindi. G’oliblar Madaniy meros agentligi direktori Shaxriyor Nurulloev tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan O’zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori Azimjon Rasulov «Muzeylar sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga qo’shgan katta xizmatlari uchun» Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.