«O’zbekistonda uchraydigan shifobaxsh o’simliklar» mavzusidagi ko’rgazma

2022-yilning 9-iyun kuni «O’zbekistonda uchraydigan shifobaxsh o’simliklar» mavzusida ko’rgazma tashkil etilmoqda.
Ko’rgazmada Toshkent Farmasevtika instituti Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, b.f.n. A.Jabborov hamda oliy toifali shifokor N.Malikova tomonidan O’zbekistonda uchraydigan shifobaxsh o’simliklarning xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotdagi xususiyatlari haqidagi qiziqarli ma’ruzalari tinglanadi.
Tadbirda yosh biologlar, Oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mazkur yo’nalishga qiziquvchilar ishtirok etadi.

Barcha qiziquvchilarni tadbirda ishtirok etishga taklif etamiz!