

`




Muzeyda 2022-yilning 9-iyun kuni «O’zbekistonda uchraydigan shifobaxsh o’simliklar» mavzusida ko’rgazma tashkil etildi.
Ko’rgazmada Angren shahar tarixi muzeyi direktori va ilmiy xodimlari hamda taklif qilingan mehmonlar ishtirok etdi. Toshkent Farmasevtika instituti «Farmakognoziya kafedrasi» dotsenti, b.f.n. A.Jabborov «O’zbekistonda uchraydigan shifobaxsh o’simliklarning xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotdagi xususiyatlari» haqida mazmunli ma’ruza o’tkazdi. Tadbir davomida qiziqarli savol-javoblar ham bo’lib o’tdi. Bunday ko’rgazmalarni tashkil qilishdan maqsad – inson salomatligi uchun foydali bo’lgan o’simliklar bilan keng ommani yaqindan tanishtirish va mutaxassislar tavsiyasiga binoan foydalanish bo’yicha qisqacha ma’lumot berishdan iborat.