



2022-yilning 15-iyun kuni O’zbekiston tarixi telekanali «Mavzu» teleko’rsatuvining muzeylarga bag’ishlangan soni bo’lib o’tdi.
Mazkur teleko’rsatuvda O’zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori A.Rasulov muzeylar sohasi bo’yicha olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar to’g’risida intervyu berdi.
Intervyuda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi «Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-261-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ushbu qaror muzeylar faoliyatida nimalarga yo’l ochib berayotgani to’g’risida ma’lumotlar berildi.