«Qizilqum mo’jizasi» ko’chma foto-ko’rgazmasi

2022-yil 21-iyun kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyida Navoiy viloyati tarixi va madaniyati muzeyining «Qizilqum mo’jizasi» mavzusida ko’chma foto-ko’rgazmasi tashkil etildi.
Ko’chma foto-ko’rgazmaning ochilish marosimida Navoiy viloyati tarixi va madaniyati muzeyi bosh muhofizi D. Mustafoyeva so’zga chiqib, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori A.Rasulovga Navoiy viloyati tarixi va madaniyati muzeyi nomidan tashakkurnoma topshirdi.

Bunday tadbirlarni tashkil etishdan maqsad — oʼsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga va uning tabiatiga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalash, yurtimizning oʼsimlik va hayvonot olami bilan yaqindan tarishtirish, shuningdek, ekologik tarbiyani rivojlantirish, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish va ularni asrash haqida ma’lumotlar berishdan iborat.