«Qonun ustuvorligi — inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir»

2022-yil 22-iyun kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyining Zoologiya hamda Ekologiya bo’limlari hamkorligida «Qonun ustuvorligi inson manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir» mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tabirda O’zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori A.Rasulov so’zga chiqib: Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda oʻzaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berganligi, bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼ’iy nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanishini eʼtirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratganligi, aynan shu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan ulugʻlashimiz, har tomonlama oʻrganishimiz, unga izchil amal qilishimiz, asosiy qonunimizda mujassam boʻlgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz qalbiga singdirishimiz zarurligi haqida gapirdi.