«Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarorining 7-bandida «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasini 2022-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etish va doimiy ravishda oʼtkazib borish belgilab berilgan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2022-yil 1-iyul kuni Toshkent fotosuratlar uyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik instituti iqtidorli talabalarining «Mo’ynoq rassomlar nigohida: kecha va bugun» ijodiy ishlar ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
«Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi doirasida Oʼzbekiston davlat tabiat muzeyi fondiga «Mo’ynoq rassomlar nigohida: kecha va bugun» ijodiy ishlaridan 34 ta ijodiy ishlar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik instituti rahbariyati tomonidan taqdim etildi.

Milliy merosga mening hissam!

umumxalq aksiyasi