O’zbekiston davlat tabiat muzeyi fondi yana yangi eksponatlar bilan boyidi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-261-son qarori ijrosini ta’minlash bo’yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qarorning 7-bandida «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasini 2022-yil 1-iyuldan boshlab tashkil etish va doimiy ravishda oʼtkazib borish belgilab berilgan.
O’zbekiston davlat tabiat muzeyi fondiga O‘zbekiston Respublikasi Ovchilar uyushmasi a’zosi tomonidan «Yovvoyi to’ng’iz» va «Morho’r» tulumlari hamda «O’rta Osiyo tog’ echkisi» ning shoxi bilan birga taglikga qotirilgan bosh skeleti sovg’a qilindi. Ushbu tulumlar Bo’stonliq tumani hududidagi Tyanshan tog’ tizmalari arealida tarqalgan hayvon turlaridan ishlangan.
«Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi doirasida muzey fondiga 3 ta yangi eksponatning taqdim etilganligi ekspozitsiya zallarimizni yanada boyitishga katta hissa qo’shdi.

Оставьте первый комментарий

Оставить комментарий

Ваш электронный адрес не будет опубликован.


*