«Kapalaklar» ko’rgazmasi

📌2022-yil 20-avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidan tashrif buyurgan mehmonlarga muzey ilmiy xodimlari tomonidan muzeyda tashkil etilgan 🦋»Kapalaklar»🦋 nomli ko’rgazmasida namoyishga qo‘yilgan tropik kapalaklar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, yoshlarning ta’tildagi bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor tumani bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda muzey hududida sportning shaxmat va shashka, kamondan o‘q otish va stol tennisi kabi turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari uchun muzey bo’ylab qiziqarli sayohat ham o’tkazildi.