O’zbekiston davlat tabiat muzeyi xodimlari seminar-treningda

«Odamga e’btibor — olamga e’tibor»

O’zbek xalq maqoli

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 945-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi muzeylarda xizmatlarni inklyuziv ko’rsatish amaliyoti dasturi bo’yicha madaniy tadbirlarni tiflosharhlash amaliyoti ko’zi ojizlar va zaif ko’ruvchilar uchun joriy qilish belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 23-24-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “Madaniyat va san’atni rivojlantirish markazi” va Butun Rossiya Ko‘zi ojizlar jamiyati huzuridagi «Reakomp» instituti hamkorligida O’zbekiston Milliy qo’g’irchoq teatri hamda O‘zbekiston davlat drama teatrlarida seminar-treninglar tashkil etildi. Mazkur seminar-treningda muzey eksponatlarini nogironligi bo’lgan tashrif buyuruvchilarga tanishtirish usullari bo‘yicha O’zbekiston davlat tabiat muzeyi ilmiy xodimlari o‘z malakalarini oshirishdi.

Оставьте первый комментарий

Оставить комментарий

Ваш электронный адрес не будет опубликован.


*