Chorshanbi Shamsiyevning Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag’ishlangan «Inson va tabiat» nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi

“Adabiyot, san’at, madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi»

Sh.M. Mirziyoyev

🏛 2022-yilning 30-avgust kuni muzeyning ko’rgazmalar zalida rassom restavrator Chorshanbi Shamsiyevning «Inson va tabiat» nomli rang tasvir asarlaridan iborat shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ko‘rgazmani O’zbekiston davlat tabiat muzeyi direktori A.Rasulov ochib berdi.

Ko’rgazmaning ochilish marosimini OAV da keng yoritish maqsadida «O’zbekiston 24 radiosi» muxbirlari tashrif buyurdi.

Mazkur tadbirda rassomning ustozlari, shogirdlari, yaqinlari, turli soha vakillari hamda muzey ilmiy xodimlari qatnashdilar.
Tadbirni tashkillashtirishdan maqsad — yoshlarda tabiatga bo’lgan mehrni uyg’otish va e’tiborini kuchaytirish hamda rassomning asarlari orqali ularning qalbiga bularni singdirishdan iborat.

Ko‘rgazma joriy yilning 20 sentabriga qadar davom etadi.