Muzeylar haftaligi

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil, 12-aprelda chiqargan 68-son qarorining 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra «Muzeylar haftaligi» tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Hamyurtlarimiz hafta davomida muzeyimizga bepul tashrif buyurib, muzey fondiga kiritilgan ashyolar va kolleksiyalar bilan yaqindan tanishib olishlari mumkin.»Muzeylar haftaligi» tadbiri doirasida muzeyda yetti kun mobaynida hamyurtlarimiz uchun noan’anaviy tarzdagi ekskursiyalar va quyidagi ro‘yxatda keltirilgan mavzular bo’yicha qiziqarli davra suhbatlari tashkil etilmoqda:

1. Yurtimiz tabiatida kuz.

2. Cho’l hayvonlarining ozuqa zanjiri.

3. Qizil kitobga kiritilgan kapalaklar.

4. Yer osti qazilma boyliklari.

«Muzeylar haftaligi» tadbiri davomida muzeyga kirish BEPUL!