«Muzey haftaligi doirasida»

🏛O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-aprelda chiqargan 68-son qarorining 8-ilovasidagi nizomga ko‘ra «Muzeylar haftaligi» tadbiri har yili 2-8 sentabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, 2022-yil 8-sentabr kuni «Muzeylar haftaligi» tadbiri doirasida muzeyda noan’anaviy tarzda ekskursiyalar va rassom Chorshanbi Shamsiyevning «Mahorat darsi» tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya xodimlari ham katta qiziqish bilan ishtirok etdilar. Tadbir so’ngida qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.