Yangi eksponatlarni tomosha qilish uchun muzeyga tashrif buyuring

O’zbekiston davlat tabiat muzeyi ekspozitsiya zallari yana yangi eksponatlar bilan boyidi. Ushbu eksponatlar bilan yaqindan tanishish va ular haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lish uchun muzeyga tashrif buyuring!

Koʻk Sug’ur.
Yo’qolib borayotgan, lokal tarqalgan g’arbiy Tyan-Shan endemik kenja turi hisoblanadi. Tanasining uzunligi 60 sm gacha, dumi 20 sm gacha, ogʻirligi 2,5–9 kg keladi. Boʻyni kalta, koʻzi katta, quloq suprasi kichik. Junlari qalin va uzun. Oʻzbekistonda uzun dumli Sug’ur va koʻk Sug’ur uchraydi. Yogʻi va moʻynasi uchun ovlanadi. Koʻk Sug’ur Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.

Bo’rsiq.
Bo‘rsiq tusi kulrangdan jigarrangacha bo‘ladi. Bo‘rsiqning oppoq tumshug‘ida oq hoshiyali bejirim burnidan quloqlariga qarab ketgan qora tusdagi ikki taram taram yo‘li bor. Bo‘rsiqning ko‘zlari qora taram yo‘llarida joylashgan. Tanasi uzunligi 90 sm gacha, dumi 20 sm gacha bo‘lishi mumkin.