Talabalarga mahorat darsi o’tildi

2022-yilning 19-oktabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti talabalariga rassom Chorshanbi Shamsiyev tomonidan «Mahorat darsi» tashkil etildi. Mahorat darsida rassom talabalarga rang-tasvir va uning yo’nalishlari bo’yicha ma’lumotlarni keng yorib berdi. Voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish, manzara chizishning usul va vositalariga batafsil to‘xtalib, uning sir-asrorlari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Samimiy muloqotda Ch.Shamsiyev yig‘ilganlarni o‘z ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ushbu mahorat darsi talabalarda katta taassurot qoldirdi.