21-oktabr «O’zbek tili bayrami kuni»

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.
Mazkur sana “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-sonli “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat tabiat muzeyida «Turkiy va o’zbek tillarining asoschisi — Mir Alisher Navoiy» mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida «G’azalxonlik kechasi» uyushtirildi, shoir hamda davlat arbobi hayoti va ijodiga oid ma’ruza tinglanib, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar barchada ona tiliga mehr-muhabbat, Vatanga sadoqat, millatlararo bag‘rikenglik kabi yuksak tuyg‘ularni singdirishga xizmat qiladi!