Davlat ramzimiz – bayrog’imiz!

Muzeyning ekspozitsiya zallarida 2022-yil 16-noyabr kuni «Muqaddasdir vatan bayrog’i» hamda “Shuhrating porlagay toki bor jahon!” shiorlari ostida bayram tadbirlari tashkillashtirildi.

O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki, bayroq — hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir!

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli hisoblanadi. Davlatimiz bayrog‘i xalqaro maydonda mamlakatimizning o‘ziga xos o‘rni, mustaqilligimiz e’tirofi, xalqimiz g‘urur va iftixori timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda.

Darhaqiqat, dunyoda millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston bitta. Har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulug‘lash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.