“O‘zbekiston va Rossiya muzeylari xodimlari konferensiyasi”

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi va Rossiya Federatsiyasi madaniyat vazirligi hamkorligida O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida o‘rnatilgan diplomatik aloqalarning 30 yilligiga bag‘ishlab Toshkent shahrida joriy yilning 18-19-noyabr sanalarida “O‘zbekiston va Rossiya muzeylari xodimlari konferensiyasi” o‘tkazilmoqda. Tadbirda Madaniy meros agentligi direktori Baxodir Abdikarimov, Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya va har ikki davlat muzeylari, hamda O’zbekiston davlat tabiat muzeyi rahbar va xodimlari ishtirok etmoqda.