1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O’zbekiston davlat tabiat muzeyida “Muzeydan olgan taassurotlarim” mavzusida ko’ngilochar dasturlarga boy tadbir bo‘lib o‘tdi. Jumladan, mahoratli rassom Shamsiyev Chorshanbi Amonturdiyevich tomonidan tasviriy san’at yo‘nalishida mahorat darsi,
“Qiziqarli geologiya ” mavzusida ochiq dars, noyob o’simliklar gerbariylar va zeb-ziynat toshlaridan taqinchoqlar ko’rgazmasi hamda konsert dasturlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.