Butunjahon tozalik kunida O’zbekiston 55,7 tonna chiqindidan tozalandi.

Respublikamizning barcha hududlarida 20-sentabr — “World Cleanup Day” (“Butunjahon Tozalik Kuni”) munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu poggingda O’zbekiston davlat tabiat muzeyi jamoasi ham faol qatnashib atrof-muhit tozaligi uchun o’z hissasini qo’shdi.