2025-yil 14-mart kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyida Geologiya va geografiya bo’limi xodimlari hamda muzey rassomi Ch.Shamsiyev tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Ixlos” maktabi o’quvchilari o’rtasida “Hayvonlarni asraylik” mavzusida rasm chizish ko’rik tanlovi hamda “Mahorat darsi” tashkil etildi.
Ushbu tadbir yosh avlodning tabiatga, ayniqsa hayvonot olamiga bo’lgan muhabbatini uyg’otish va ularni himoya qilishga qaratilgan edi. Dars davomida geologiya va geografiya bo’limi xodimlari o’quvchilarga O’zbekistondagi noyob hayvon turlari, ularning yashash sharoitlari va muhofaza qilishning muhimligi haqida ma’lumot berishdi.
Muzey rassomi Ch.Shamsiyev esa o’quvchilarga hayvonlarning rasmini chizish sirlarini o’rgatdi. U o’quvchilarga hayvonlarning anatomiyasi, rang tanlash va kompozitsiya kabi asosiy jihatlar bo’yicha qo’llanmalar berdi. O’quvchilar turli hayvonlarning rasmlarini chizishga kirishdilar, ular uchun nafaqat rassomchilik mahoratini oshirish, balki hayvonlarga bo’lgan mehrini yanada mustahkamlash imkonini berdi.
“Mahorat darsi” davomida o’quvchilar “Hayvonlarni asraylik” mavzusida o’z rasmlarini chizdilar. Tadbir yakunida o’quvchilar tomonidan yaratilgan asarlar ko’rgazma sifatida namoyish etildi. Tadbir qatnashchilari o’z rasmlari haqida ma’lumot berishdi, ular bilan qiziqishgan savollarga javob berishdi.
O’zbekiston davlat tabiat muzeyi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir yosh avlodning tabiatga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularni ekologik madaniyat ruhida tarbiyalash va kelajakda hayvonot olamini himoya qilishga qaratilgan muhim qadam bo’ldi. Ushbu “Mahorat darsi” o’quvchilarning xotirasida unutilmas iz qoldirdi va ularni kelgusida ham tabiatga mehribon bo’lishga undadi.
Tadbir videosini tomosha qilish






