Dushanba-Ma’muriyat ish kuni
Seshanba-Juma 1000-1700
Shanba-Yakshanba 1000-1600
To‘liq doimiy ekspozitsiya uchun mo’ljallangan hamda ekspozitsiyadan 4314 dona eksponatlar joy olgan.
Muzeyning ma’muriy boshqaruvi hamda mutaxassis va ilmiy xodimlar xizmat faoliyatini olib boradi. Ushbu qavatda laboratoriya, texnik xonalar hamda maxsus xonalarda muzey fondining bir qismi saqlanadi. Shuningdek doimiy ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari va ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi.
To‘liq holda muzey fondiga kiruvchi ashyo va kolleksiyalarni saqlanadi.
Shuningdek, tasviriy san’at asarlari galereyasi tashkil etilgan.
3D ekspozitsiyada dunyo bo’ylab doimiy ko’chib yuruvchi hayvonlar maketlari o’rin olgan.
Umumiy biologiya zali ayniqsa ilmiy izlanuvchilar, talabalar, o‘quvchilar va boshqa ilmiy soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otadi. Sababi zalda tabiiy fanlarga aloqador o‘ziga xos eksponatlar joy olgan. Ularning orasidagi eng noyoblari mutatsiyaga uchragan xonaki hayvonlar bolalari tulumlari hamda seleksiya natijasida olingan turli xil zot va navlarga oid eksponatlar va ho‘l preparatlardir.
Ushbu zalda Quyosh tizimining paydo bo‘lishidan to Yer sharida hayotning rivojlanish jarayonlari hamda arxeo-paleontologik eksponatlarni uchratishingiz mumkin. Qolaversa, Mamontning son suyagi, neandertal Teshiktosh bolasi va O’zbekiston hududidan topilgan qoyatosh suratlari muzeyning noyob eksponatlari sirasiga kiradi.
Baland tog‘ dioramasi muzeyda tog‘ landshaftini va yurtimiz hamda Markaziy Osiyo tog‘larida uchraydigan hayvonlar va qushlarni aks ettirishi va shu bilan tashrifchilarda katta taassurot qoldirishi bilan muzey uchun ahamiyatli.
Ushbu ekspozitsiyada 9 ta har xil oilaga mansub 100 dan ziyod qush turlarining eksponatlari tomosha qilish uchun qo’yilgan. Qirg’ovullar oilasi, Baliqchilar oilasi, Qarqaralar oilasi, Turnalar oilasi shular jumlasidandir.
Dioramada O’zbekiston cho‘l hududlari hamda u yerda uchrovchi hayvonlardan tuvaloq, tulki, O’rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, Turkmaniston qoraqulog’i, qapcha iloni, qalqontumshuq, echkiemar kabi hayvonlar tulumlari joylashtirilgan.
Ushbu diorammada O’zbeiston hududidagi qo’riqxonlarda uchrovchi kamyob hayvonlar o’rin olgan. Dioramada qo’ng’ir ayiq, kulrang kiyik va jayrani ko’rish mumkin.
Qishloq xo’jaligi ekspozitsiyasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xususan, turli xil bug’doy navlari va boshqa madaniy o’simliklar urug’larini, tut ipak qurti pillalari va iplarini, tomosha qovoqlar hamda hayvonlar tulumlarini uchratishingiz mumkin.
Yer sharining shimoliy va janubiy qutblarida sovuq iqlimga moslashgan hayvonlar yashab kelishadi. Aynan sovuq iqlimga moslashgan jonzotlarning eng mashhuri – pingvinlar bilan ushbu zalimizda yaqindan tanishishingiz mumkin.
Suv va botqoqlik qushlari boshqa qushlarga nisbatan o‘z yashash muhiti va jozibasi bilan ajralib turadi. Zal ekspozitsiyasidan kichik turna, suqsun va boshqa yovvoyi o‘rdaklar turlari, pushtirang saqqoqushi, vishildoq oqqush kabi noyob qush turlarini uchratishingiz mumkin.
Ushbu zalda To‘qayzor va Tog‘dagi yong‘oqzor dioramalari hamda cho‘l hududlarida uchraydigan hayvonlar tulumlari o‘rin olgan. DioramalardaTuron yo‘lbarsi, yovvoyi to‘ng’iz, yumronqoziq, bo‘rsiq, ilonxo‘r burgut, tuvaloq kabi noyob hayvonot olami vakillari tulumlari o‘rin olgan.
Geologiya zali ekspozitsiyasidan tog‘ jinslari va minerallar o‘rin olgan. Ushbu eksponatlar muzey tashkil etilgandan buyon uzoq yillar davomida saqlanib va boyitilib kelinmoqda. Ayniqsa, neft namunalari, vulqon jinslari, metall rudalari, cho‘kindi tog‘ jinslari hamda bezakli toshlar tashrif buyurgan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Entomologiya fondi O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining eng ko‘p ashyo va kolleksiyalarшga ega bo‘lib, ular juda noyob va butun dunyoning turli hududlaridan uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalar natijasida keltirilgan. Entomologiya kolleksiyalariga bag’ishlangan ushbu zalda mahalliy va tropik kapalaklar hamda qo‘ng‘izlari, har xil ari va chigirtka turlari joy olgan.