O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining asosiy hamda ilmiy yordamchi fondi to‘g‘risida qisqacha ma'lumot
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining asosiy fondi eksponatlar soni 363 059 dona bo‘lib, entomologiyaga oid 356 722 dona hasharotlar kolleksiyasi, zoologiyaga oid 4409 dona kolleksiya va geologiyaga oid 1928 dona kolleksiya namunalari saqlanib kelinmoqda. Muzey fondining 97 % ni hasharotlar kolleksiyasi tashkil qiladi.
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining asosiy fondida 1937-1940 yillarda entomolog V.I.Obuxova tomonidan yig‘ib keltirilgan 136 538 dona hasharotlar kolleksiyasi saqlanib kelinmoqda.
Ilmiy yordamchi fonddagi eksponatlar soni 1265 ta. Shundan Botanik materiallar, zoologik ashyolar, diorama, maketlar 987 ta, Geologiya-geografiyaga oid eksponatlar 125 ta, Olimlar portreti, Etyudlar, Ko’chma ko‘rgazma rasmlari 153 ta.
Entomologiya bo‘limi
5437
To'liq rivojlanmagan hashoratlarning davriy kolleksiyasi
11533
Pardaqanotlilar va yarim qattiq qanotlilar turkumiga oid davriy kolleksiya
12899
Ikkiqanotlilar, sikadalar va urgimchaksimonlar turkumiga oid davriy kolleksiya
6092
Qo'ng‘izlar turkumiga oid davriy kolleksiya
1869
Kapalaklar
2733
Tropik mintakaga oid hashoratlar kolleksiya
4074
Parusniklar oilasiga mansub kapalaklar davriy kolleksiyasi
49908
Har xil turkumga oid hashoratlar kolleksiyasi (turi aniqlanmagan. Ninalangan va qotirilgan)
262177
Har xil turkumlarga oid hashoratlar kolleksiyasi
Zoologiya va botanika bo'limi
54
Turli daraxtlar kesmalari
21
Terilar
20
Tuproqlar
58
Xo'l pereparatlar
967
To'lo'mlar
4
Sklet va bosh suyagi
2119
Tushkalar
49908
Kemiruvchilar bosh suyagi terisi
262177
Zoologiya kolleksiyasi (qushlar tuxumi)
Ilmiy-yordamchi jamg'arma
1536
Mineral va tog‘ jinslari
392
Palentologik namunalar
Geologiya-geografiya bo‘limi
987
Botanik materiallar, zoologik ashyolar, diorama, maketlar
125
Geologiya-geografiya sektori:
153
Olimlar portreti, Etyudlar, Ko'chma ko‘rgazma, Rasmlar
1267
Jami
Umumiy aytilishi
363059
Asosiy fond
1265
Yordamchi fond
364324
Jami
Muzey ekspozitsiyasi
3D ekspozitsiya
3D ekspozitsiyada dunyo bo’ylab doimiy ko’chib yuruvchi hayvonlar maketlari o’rin olgan.


Umumiy biologiya zali
Umumiy biologiya zali ayniqsa ilmiy izlanuvchilar, talabalar, o‘quvchilar va boshqa ilmiy soha vakillarida katta qiziqish uyg‘otadi. Sababi zalda tabiiy fanlarga aloqador o‘ziga xos eksponatlar joy olgan. Ularning orasidagi eng noyoblari mutatsiyaga uchragan xonaki hayvonlar bolalari tulumlari hamda seleksiya natijasida olingan turli xil zot va navlarga oid eksponatlar va ho‘l preparatlardir.
Yerda hayotning paydo bo‘lishi zali
Ushbu zalda Quyosh tizimining paydo bo‘lishidan to Yer sharida hayotning rivojlanish jarayonlari hamda arxeo-paleontologik eksponatlarni uchratishingiz mumkin. Qolaversa, Mamontning son suyagi, neandertal Teshiktosh bolasi va O’zbekiston hududidan topilgan qoyatosh suratlari muzeyning noyob eksponatlari sirasiga kiradi.


Baland tog' dioramasi
Baland tog‘ dioramasi muzeyda tog‘ landshaftini va yurtimiz hamda Markaziy Osiyo tog‘larida uchraydigan hayvonlar va qushlarni aks ettirishi va shu bilan tashrifchilarda katta taassurot qoldirishi bilan muzey uchun ahamiyatli.
Qushlar ekspozitsiyasi
Ushbu ekspozitsiyada 9 ta har xil oilaga mansub 100 dan ziyod qush turlarining eksponatlari tomosha qilish uchun qo’yilgan. Qirg’ovullar oilasi, baliqchilar oilasi, qarqaralar oilasi, turnalar oilasi shular jumlasidandir.


Cho'l dioramasi
Dioramada O’zbekiston cho‘l hududlari hamda u yerda uchrovchi hayvonlardan tuvaloq, tulki, O’rta Osiyo cho‘l toshbaqasi, Turkmaniston qoraqulog’i, qapcha iloni, qalqontumshuq, echkiemar kabi hayvonlar tulumlari joylashtirilgan.
Qo‘riqxona dioramasi
Ushbu diorammada O’zbeiston hududidagi qo’riqxonlarda uchrovchi kamyob hayvonlar o’rin olgan. Dioramada qo’ng’ir ayiq, kulrang kiyik va jayrani ko’rish mumkin.


Qishloq xo'jaligi ekspozitsiyasi
Qishloq xo’jaligi ekspozitsiyasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xususan, turli xil bug’doy navlari va boshqa madaniy o’simliklar urug’larini, tut ipak qurti pillalari va iplarini, tomosha qovoqlar hamda hayvonlar tulumlarini uchratishingiz mumkin.
Sovuq iqlim hududlarida uchraydigan hayvonlar
Yer sharining shimoliy va janubiy qutblarida sovuq iqlimga moslashgan hayvonlar yashab kelishadi. Aynan sovuq iqlimga moslashgan jonzotlarning eng mashhuri – pingvinlar bilan ushbu zalimizda yaqindan tanishishingiz mumkin.


Suv va botqoqlik qushlari
Suv va botqoqlik qushlari boshqa qushlarga nisbatan o‘z yashash muhiti va jozibasi bilan ajralib turadi. Zal ekspozitsiyasidan kichik turna, suqsun va boshqa yovvoyi o‘rdaklar turlari, pushtirang saqqoqushi, vishildoq oqqush kabi noyob qush turlarini uchratishingiz mumkin.
O‘zbekistonning turli xil hududlarida uchraydigan hayvonlar
Ushbu zalda To‘qayzor va Tog‘dagi yong‘oqzor dioramalari hamda cho‘l hududlarida uchraydigan hayvonlar tulumlari o‘rin olgan. DioramalardaTuron yo‘lbarsi, yovvoyi to‘ng’iz, yumronqoziq, bo‘rsiq, ilonxo‘r burgut, tuvaloq kabi noyob hayvonot olami vakillari tulumlari o‘rin olgan.


Geologiya zali
Geologiya zali ekspozitsiyasidan tog‘ jinslari va minerallar o‘rin olgan. Ushbu eksponatlar muzey tashkil etilgandan buyon uzoq yillar davomida saqlanib va boyitilib kelinmoqda. Ayniqsa, neft namunalari, vulqon jinslari, metall rudalari, cho‘kindi tog‘ jinslari hamda bezakli toshlar tashrif buyurgan tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Entomologiya zali
Entomologiya fondi O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining eng ko‘p ashyo va kolleksiyalarшga ega bo‘lib, ular juda noyob va butun dunyoning turli hududlaridan uyushtirilgan ilmiy ekspeditsiyalar natijasida keltirilgan. Entomologiya kolleksiyalariga bag’ishlangan ushbu zalda mahalliy va tropik kapalaklar hamda qo‘ng‘izlari, har xil ari va chigirtka turlari joy olgan.
