“Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun va tegishli qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat tabiat muzeyida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib boriladi. Shu munosabat bilan, 2025-yilning yanvar oyi davomida tashrif buyuruvchilarga ekologiya, sog’liqni saqlash, tabiatshunoslik, astronomiya, geologiya va boshqa yo’nalishlarga doir mavzularda ko’rgazma-taqdimotlar, davra suhbatlari hamda ma’ruzalar tashkil etildi.






