5-iyun “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi sohada faoliyat ko’rsatayotgan bir qancha fidokor xodimlarni “Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni bilan taqdirladi. Ular orasida O’zbekiston davlat tabiat muzeyi Ekologiya bo’limi mudiri Islomova Nodira Azimovna ham bor.
Nodira Azimovnani butun muzey jamoasi ushbu nishon bilan samimiy tabriklaydi va ish faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

