Mamlakatimiz bo’ylab 22-23-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.

O’zbekiston davlat tabiat muzeyining hududini ham obodonlashtirish maqsadida muzey jamoasi tomonidan hududni tozalash, daraxt va gullarni sug’orish va tagini yumshatish, ariqlarni tozalash kabi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.