O’zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Olmazor tumani Kengashi tashabbusi bilan Jizzax viloyati Kengash a’zolari hamkorlikda 2024-yilning 19-mart kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurishdi. Ularga muzey bo’ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etilib, bugungi ekologik vaziyat yuzasidan fikr almashildi hamda muzeyning faol xodimlari partiya tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.