Muzey fondini boyitish va eksponatlarni chuqurroq o’rganish maqsadida muhim hamkorlik yo’lga qo’yildi. Muzeyning muzey ashyolari va kolleksiyalarini hisobga olish bo’limi hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti entomologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari bilan birgalikda muzey fondida saqlanayotgan bebaho Entomologiya kolleksiyasini har tomonlama o’rganishmoqda. Ushbu kolleksiya hasharotlar dunyosining xilma-xilligini aks ettiruvchi, noyob namunalar va ilmiy qimmatga ega ashyolardan iborat. O’rganish natijalari muzey ekspozitsiyalarini yangilash, ilmiy maqolalar chop etish va ta’limiy dasturlar yaratishda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.








