2024-yilning 24-25-avgust kunlari O’zbekistonda “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida Umumxalq xayriya hashari o’tkazilishi bo’yicha hukumat farmoyishi qabul qilingan.
Aynan ushbu umumxalq hasharida Muzey jamoasi faol qatnashib hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda. Hashar tadbirlari ikki kun davomida ko‘tarinki ruhda o’tdi. Muzey jamoasi hududni tozalash, daraxtlarni oqlash, sug’orish va tagini yumshatish, ariqlarni tozalash kabi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.