O’zbekiston davlat tabiat muzeyi turli eksponatlar yordamida yurtimizning boy va go’zal tabiati, flora va faunasi, bioxilma-xilligi bilan tashrif buyuruvchilarni yaqindan tanishtirish bilan birga turli ekspozitsiyalari orqali aholining ekologik bilimini oshirish, shu jumladan insonni tabiatga ta’sirini ilmiy-ommabob tarzda yoritish, tabiiy resurslarga oqilona munosabatda bo’lish tuyg’usini shakllantirish va ularni asrab-avaylashni targ’ib qilishda alohida o’rin tutadi. Muzeyga tashriflar sonini ko’paytirish maqsadida muzey ilmiy xodimlari tomonidan Toshkent shahri bo’ylab targ’ibot ishlari amalga oshirildi.











