Tashrifchilar uchun

Tashrifchilar uchun

Ish vaqti:

Dushanba-Ma’muriyat ish kuni

Seshanba-Juma 1000-1700

Shanba-Yakshanba 1000-1600

Bayram kunlari munosabati bilan ish vaqtiga o’zgartirish kiritilishi mumkin. Dushanba dam olish kuni muzey zallari ishlamaydi. Muzeyga kirish ish vaqti tugashidan yarim soat oldin to’xtatiladi.

Muzey chipta narxlari

 

    • -Bolalar uchun: 10000 (o’n ming) soʻm;

    • -Katta yoshdagi fuqarolar uchun: 25 000 (yigirma besh ming) soʻm;

    • -Talabalar uchun: 15 000 (oʻn besh ming) soʻm;

    • -Pensiya yoshidagi fuqarolar uchun: 10 000 (o’n ming) soʻm;

    • -7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun: bepul;

    • -Nogironligi mavjud shaxslar uchun: bepul;

    • -Temir, ayollar hamda yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar uchun: bepul.

    • -Ekskursavod (gid) xizmatidan foydalanish 30 000 (o’ttiz ming) soʻm.

    • -Professional fotosessiya va videoga tasvirga olish (1 soati) – 250 ming so’m

Muzeyda o’zini tutish etikasi

Muzeylarda eng birinchi tartib tashrifchining muzeyga kirib kelishidan boshlanadi.

-Kirish qismida xalta va ustki kiyimlar shkafda qoldirilishi kerak. Ular qolgan tashrifchilarga xalaqit bermasliklari lozim;

-Noo’rin harakat tufayli muzey eksponatlariga ziyon yetmasligi uchun hamda ekspozitsiya va zallarda harakatlanish davomida shovqin solmaslik muhim. Yana bir noo‘rin holat, bu baland ovozda eksponatlarni tahlil qilishdir;

-Muzey eksponatlari, ekspozitsiya oynalari va boshqa muzey ashyolariga qo‘l bilan teginish butkul taqiqlanadi;

-Ekskursiya jarayonida esa tinchlikni saqlash va e’tiborli bo‘lish talab etiladi. Ekskursiya jarayonida guruhdan ajralish va boshqa zal yoki ekspozitsiyani tomosha qilish odobsizlikka kiradi;

-Tashrif buyuruvchilar tomonidan muzeyda sayohat qilish jarayonida ovqatlanish, sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, yugurish, hamda o‘z xatti-harakatlari bilan boshqa tashrifchilarga xalaqit berish mutlaqo taqiqlangan;

Ekskursiya jarayoni tugaganidan so‘ng, ma’ruzachiga tashakkur etish yuqori saviyadagi odob qoidalariga kiradi.