O’zbekiston davlat tabiat muzeyi va Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

Joriy yilning 12 fevral kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyi va Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi vakillari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi va Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida muzeylar o’rtasida qo’shma ko’rgazmalar tashkil etish, muzey ashyolarini almashish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va muzey xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik muzeylarning ilmiy-madaniy salohiyatini yanada oshirishga, jamoatchilikni O’zbekiston tabiati va madaniyatining boyligi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi.

Muzokaralar yakunida mehmonlar uchun O’zbekiston davlat tabiat muzeyi bo’ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida delegatsiya aʼzolari muzeyning noyob eksponatlari, jumladan, O’zbekiston hududida yashagan qadimiy hayvonlarning qoldiqlari, minerallar, o’simliklar va hayvonot dunyosi namunalari bilan tanishdilar.