O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko’magida Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (CMS COP 14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi uchun yaratilgan 3D formatdagi ekspozitsiya O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga o’rnatildi.

Barchangizni ushbu yangi ekspozitsiyani tomosha qilish uchun muzeyimizga taklif etamiz!