25-OKTABR — MUZEYIMIZDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI!

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi 150 yoshda!

Aziz yurtdoshlar, sizni muzeyimizning 150 yillik yubileyi munosabati bilan tashkil etilayotgan bayram tadbiriga taklif qilamiz!

Bayramning eng kutilgan yangiligi — “AFRIKA ZALI”NING TANTANALI OCHILISHI!

Afrikaning betakror hayvonot dunyosi bilan tanishing, yangi ekspozitsiyadan bahramand bo‘ling va unutilmas taassurotlarga ega bo‘ling!

❗️25-oktabr kuni muzeyga kirish MUTLAQO BEPUL!

📅 Sana: 2026-yil 25-oktabr
⏰ Vaqt: 09:00–16:00
📍 Manzil: O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

150 yillik tarix, yangi ekspozitsiya va ajoyib taassurotlar sizni kutmoqda!

Oila a’zolaringiz va do‘stlaringizni birga olib keling! Bayramni biz bilan birga nishonlang!

Sizni muzeyimizda kutib qolamiz!