“Oʻzbekiston 1” telekanalining “English Club” ko‘rsatuvida Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus lavha efirga uzatildi.

Lavhada muzeyning boy tabiiy-ilmiy fondi, noyob eksponatlari, zamonaviy ekspozitsiyalari hamda aholining, ayniqsa, yosh avlodning ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ma’rifiy faoliyati keng yoritildi.

Mazkur lavhaning respublika miqyosidagi telekanalda namoyish etilishi Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyining ilmiy-ma’rifiy faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazish, muzeyga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda ekologik bilimlarni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Marhamat lavhani tomosha qiling!