Salkam bir yarim asrlik tarixga ega O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga bag’ishlab “Toshkentnoma” ko’rsatuvi Toshkent teleradiokanali orqali tasvirga olinib efirga uzatildi. Ko’rsatuv mobaynida muzey tarixi, bugungi faoliyati hamda muzeyning noyob eksponatlariga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi.