22-aprel — Butunjahon Yer kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi va Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 111-maktab hamkorligida “Yerni asrash — ekologiyani ardoqlash” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan Yer sayyorasidagi global ekologik muammolar, tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari sahna ko‘rinishlari orqali yoritib berildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga nisbatan mehr va e’tibor tuyg‘usini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda muzey bo‘ylab qiziqarli sayohat uyushtirildi.

Tadbir videolavhasini shu yerda tomosha qilishingiz mumkin!