Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar o‘quvchi va uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.

Mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar 90 kun davomida turli xil mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, muzey bo‘ylab qiziqarli va mazmunli ekskursiyalar, hamda boshqa bir qator tadbirlar tashkil etildi.

“90 dolzarb” loyihasi doirasidagi belgilangan muddat davomida muzeyga 7000 dan ziyod o‘quvchi va uyushmagan yoshlar tashrif buyurishdi.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilgan mazkur ishlar o‘quvchi va uyushmagan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni barkamol avlod etib tarbiyalash, hamda ularda milliy qadriyat, tabiatga bo‘lgan mehrni hamda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qildi.