2025-yilning 1-noyabr kuni O’zbekiston davlat tabiat muzeyi va “Shanghai Construction Group Со., Ltd.” o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida muzeyni renovatsiya qilish, ilg’or texnologiyalar joriy etish, muzey faoliyatini zamonaviy talablarga moslashtirish, eksponatlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratishga doir loyihalarni yaqin kelajakda bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalari kelishib olindi.