Navro‘z ayyomi munosabati bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘zbekiston davlat muzeyi tomonidan poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga yurtimizning tabiati, hayvonot va o‘simlik dunyosi bilan yaqindan tanishtirish, dam olish kunlarini yanada mazmunli qilish maqsadida 20–22 mart kunlarida barcha yoshdagilar uchun kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirma beriladi.

Bayram munosabati bilan joriy etilgan ushbu imkoniyatdan foydalangan holda oila va yaqinlaringiz bilan O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurishga taklif qilamiz!