Bolajon telekanalining “Nima gap” ko‘rsatuvining navbatdagi soni Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyiga bag‘ishlandi. Dastur davomida muzeyning qiziqarli ekspozitsiyalari, boy kolleksiyalari va bolalar uchun mo‘ljallangan ta’limiy bo‘limlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, tomoshabinlarga tabiat olami, hayvonot dunyosi va ekologik bilimlarni targ‘ib etuvchi mazmunli va qiziqarli lavhalar taqdim etildi.