“Oʻzbekiston 1” telekanalining “Jarayon” televizion dasturida Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyida yaqin kunlarda ochilishi kutilayotgan yangi “Dunyo hayvonlari” ekspozitsiyasi haqida maxsus lavha efirga uzatildi.
Yangi ekspozitsiya dunyoning turli qit’alarida uchraydigan hayvonot olami namunalari bilan tanishtirish, tashrif buyuruvchilarning biologik xilma-xillik haqidagi bilimlarini boyitish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Dastur davomida ekspozitsiyani yaratish jarayoni, uning o’ziga xos jihatlari va muzeyning ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyida sizni yanada boy va qiziqarli taassurotlar kutmoqda!
Yangi ekspozitsiyaning tantanali ochilish sanasi haqida tez orada rasmiy sahifalarimiz orqali ma’lum qilamiz.
Marhamat lavhani tomosha qiling!