2026-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti tayanch-doktorantlari hamda O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi ilmiy xodimlari hamkorligida muzey fondida saqlanayotgan entomologik kolleksiyalar ilmiy jihatdan o‘rganildi.
Tadqiqot davomida Lepidoptera turkumi — Gelechiidae oilasi vakillariga oid kolleksiya namunalari chuqur tahlil qilinib, ularning ilmiy ahamiyati o‘rganildi.
Mazkur ilmiy izlanishlar muzey fondidagi entomologik ashyolarni yanada chuqurroq tadqiq etish, mavjud kolleksiya materiallarini ilmiy jihatdan tizimlashtirish hamda ular asosida kelgusida ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Muzey fondlarida saqlanayotgan noyob va ilmiy jihatdan qimmatli kolleksiyalar nafaqat tarixiy va madaniy meros, balki biologik xilma-xillikni o‘rganish uchun muhim ilmiy manba hisoblanadi.
Fan va muzey sohasi mutaxassislarining bunday hamkorlikdagi tadqiqotlari muzey kolleksiyalarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy tadqiqotlarga jalb etish hamda keng jamoatchilikka ilmiy ma’lumotlarni yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.




