“Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun va tegishli qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston davlat tabiat muzeyida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib boriladi. Shu munosabat bilan, 2025-yilning yanvar oyi davomida tashrif buyuruvchilarga ekologiya, sog’liqni saqlash, tabiatshunoslik, astronomiya, geologiya va boshqa yo’nalishlarga doir mavzularda ko’rgazma-taqdimotlar, davra suhbatlari hamda ma’ruzalar tashkil etildi. [...]
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi va Chirchiq shahar tarixi muzeyi hamkorligida 2024-yil 4-dekabr kuni “ONA TABIATNI QADRLANG” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma davomiyligi:2024-yil 4-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarigacha. Joylashuv:Chirchiq shahar tarixi muzeyi. Mazkur ko‘rgazma tabiatning go‘zalligini anglash, uni asrab-avaylash va kelajak avlod uchun saqlash ahamiyatini yoritish maqsadida tashkil etildi. Tadbir doirasida: [...]
O’zbekiston davlat tabiat muzeyida 2024-yilning 18-oktabr kuni “Oltin kuz tarovati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida kuz mevalari, sabzavotlari va ularning foydali xususiyatlari haqida ma’ruza, mavzuga doir ko’rgazmalar hamda muzey bo’ylab qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Yunusobod tumani 98-sonli hamda 247-sonli maktab oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. [...]
2024-yilning 24-25-avgust kunlari O’zbekistonda “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida Umumxalq xayriya hashari o’tkazilishi bo’yicha hukumat farmoyishi qabul qilingan.Aynan ushbu umumxalq hasharida Muzey jamoasi faol qatnashib hududni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda. Hashar tadbirlari ikki kun davomida ko‘tarinki ruhda o’tdi. Muzey jamoasi hududni tozalash, daraxtlarni oqlash, sug’orish va tagini yumshatish, [...]
O’zbekiston davlat tabiat muzeyi hamda Toshkent shahridagi Italiyaning Piza Universiteti filiali Geologiya yo’nalishi ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda “So’qoq eko maskani” ga ekspeditsiya tashkil etildi.Ekspeditsiya jarayonida amalga oshirilayotgan loyihalar, tadqiqotlar muhokama qilindi. Shuningdek, qo’riqxona xodimlari tomonidan ekskursiyalar ham tashkil etilib uchrashuvlar oʻtkazildi. Kelgusida ekologiya yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi. [...]
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O’zbekiston davlat tabiat muzeyida “Muzeydan olgan taassurotlarim” mavzusida ko’ngilochar dasturlarga boy tadbir bo‘lib o‘tdi. Jumladan, mahoratli rassom Shamsiyev Chorshanbi Amonturdiyevich tomonidan tasviriy san’at yo‘nalishida mahorat darsi,“Qiziqarli geologiya ” mavzusida ochiq dars, noyob o’simliklar gerbariylar va zeb-ziynat toshlaridan taqinchoqlar ko’rgazmasi hamda konsert dasturlari [...]
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan O’zbekiston davlat tabiat muzeyida “Muzeydan olgan taassurotlarim” mavzusidagi ko’ngilochar dasturlarga boy tadbir bo’lib o’tadi. Barchani ushbu tadbirimizga taklif etamiz. Dasturdan o’rin olgan tadbirlar 1.Mahoratli rassom Chorshanbi Shamsiyev Omonturdiyevich tomonidan tasviriy san’at mahorat darsi. 2. Zeb-ziynat toshlaridan taqinchoq yasash mahorat darsi 3. “Qiziqarli [...]
18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida muzey bo’ylab qiziqarli ekskursiyalar shuningdek “O’zbekiston davlat tabiat muzeyi faoliyati, tarixi va ahamiyati” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda davra suhbatlari tashkil etildi. Kun davomida muzeyga bepul tashrif buyurganlar soni 5208 nafarga yetdi. [...]
O’zbekiston davlat tabiat muzeyida 2024-yilning 24-aprel kuni Shayxontohur tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda ochiq osmon ostida “Kvilling uslubida noyob hayvonlar kompozitsiyasi” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari o’z ijodiy ishlari bilan faol qatnashdilar hamda barchasi diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. [...]
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko’magida Samarqandda yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (CMS COP 14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi uchun rassomlar tomonidan chizilgan Oʻzbekistondagi noyob ko‘chib yuruvchi hayvonlarga bagʻishlangan tasviriy san’at asarlari O’zbekiston davlat tabiat muzeyiga koʻrgazmaga olib kelindi. Barchangizni ushbu tasviriy san’at [...]
Qidiruv
So'ngi xabarlar
- O‘zbekiston davlat tabiat muzeyining 150 yillik yubileyi “Zamon” informatsion dasturida!
- O‘ZBEKISTON DAVLAT TABIAT MUZEYI — 150 YIL: TABIAT, ILM-FAN VA MEROS!
- 25-OKTABR — MUZEYIMIZDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI!
- O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi entomologik kolleksiyalarining ilmiy tadqiqi
- “Oʻzbekiston 1” telekanali “English Club” ko‘rsatuvi Tabiat muzeyi haqida