O’zbekiston davlat tabiat muzeyi Toshkent shahar Olmazor tumanining Lal Bahadur Shastri nomidagi 24-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatan himoyasi barchamizning burchimizdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida o’quvchilar tasviriy san’at yo’nalishida mahorat darsida qatnashib o’z ijodiy namunalarini namoyish etishdi.