Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan 2024-yil 17-mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazildi. Unda O’zbekiston davlat tabiat muzeyi ishchi xodimlari faol ishtirok etib, maktab binosi va uning hududini tozalash, daraxtlarni oqlash va tagini yumshatish, ochiq maydonlarga daraxt va gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarni amalga oshirishmoqda. Hashar tadbirlari hali davom etmoqda.