O’zbekiston davlat tabiat muzeyida ham ko‘tarinki ruhda muzey ishchi xodimlari ishtirokida hashar tashkil etilmoqda.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib ravishda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2024-yilning 16-18-mart kunlari O’zbekistonda “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazilishi bo’yicha hukumat farmoyishi qabul qilingan.
Muzey jamoasi hududni tozalash, daraxtlarni oqlash va tagini yumshatish, ochiq maydonlarga daraxt va gul ko‘chatlari ekish kabi ishlarni amalga oshirildi. Hashar tadbirlari hali davom etmoqda.